Oʻquvchilar turar joyi 4 qavatli binoning 2–3 qavatida joylashgan boʻlib 100 oʻringa moʻljallangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional talim tizimini tartibga soluvchi normativ-xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi №466-sonli qarorida oʻquvchilarning yashash uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori profesional talim muassasasi tomonidan belgilanishi koʻrsatilgan boʻli, 150 000 soʻm miqdorda belgilangan. Texnikumning “Ilmiy-pedagogik kengashi”da koʻrib chiqilib, oʻquvchilar turar joyida 1 oylik yashashi uchun toʻlanadigan soʻmma oʻquvchilarning oilaviy sharoitini, ijtimoiy holatini hisobga olgan holda 135000 soʻm miqdorida belgilangan. Oʻquvchilar yotoqxonada istiqomat qilish uchun texnikum bilan tuzilgan 2 tomonlama shartnoma tuzib bank orqali toʻlovni amalga oshirishgan. Toʻlovlar texnikum xisobxonasiga kirim qilinib qonun doirasida maqsadli foydalanib kelinmoqda. Ayollar daftarida roʻyxatda turuvchi, yoshlar daftarida roʻyxatda turuvchi, kam taminlangan oʻquvchilar, chin yetim oʻquvchilar yotoqxonaga bepul joylashtirilgan. Oʻquvchilar turar joyida dars qilish, ovqatlanish, dam olish, yuvinish, darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha sharoitlar yaratilgan.
Yangi maqolalar
- Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630 yilligi uchun ma`naiyat soatlada darslar o`tildi
- O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish to`g`risida qisqacha video rollik qo`yildi.
- Farg’ona viloyat hokimining 2024-yil 24-sentyabr kungi 323-11-0-F/24-sonli Farg’ona viloyatida ,,Giyohvandlikka qarshi kurashishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari tog’risida uchrashu o`kazildi.
- CHet tillari bo`yicha uchrashuv o`tkazildi
- MARG`ILON ATLASIDEK CHEHRANGIZ JILOLARI
Yangi sharhlar
Ko'rsatiladigan fikrlar yo'q.