+99891-123-86-80, +99890-282-64-82 info@martibtex.uz

Texnikom tarixi

Bu yerda texnikom tarixiga oid ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin

1964-yil Margʻilon shaxrida Margʻilon shahar tibbiyot bilim yurti nomi bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2002-yil 30-noyabrdagi 327-sonli Fargʻona viloyati hokimligining oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi xududiy boshqarmasining 2003-yil 10-sentyabrdagi 239-sonli buyrugʻi bilan Margʻilon tibbiyot kolleji maqomi berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4666-sonli qaroriga asosan Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga aylantirilgan. Texnikum Margʻilon shaxar Shifokorlar koʻchasi 20-uyda joylashgan. Texnikumning ustavi ishlab chiqilib Margʻilon shaxar xokimi tomonidan tasdiqlanib roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Taʼlim muassasasining binosi 1964-yilda qurilgan boʻlib, quvvati 2650 oʻrinli. Xudud yer maydoni – 14971 kv m2. 4 qavatli oʻquv bino, 2 qavatli yoʻldosh bino, 4 qavatli yotoqxonaning 1 – qavatida maʼmuriyat va oʻquv xonalar joylashgan, 3 qavatli qoʻshimcha binoda innovatsion xonalar tashkil etilgan. Yotoqxona 100 oʻringa ega. Aloxida 654 kv sport zali mavjud. Bundan tashqari, 150 oʻrinli oshxona faoliyat yuritmoqda. 7 ta yangi innovatsion xonalar tashkillangan, Axborot kutubxona tashkil etilgan.  Texnikumda jami 101 ta, 56 nazariy, 28 ta amaliy oʻquv xonalari, 17 ta simulyatsiya xonalari mavjud. Xamshiralik ishi yoʻnalishi boʻyicha 6 ta, Farmatsiya yoʻnalishi boʻyicha 4 ta, Feldsher-akusherlik ishi yoʻnalishi boʻyicha 3 ta, Tibbiy profilaktika ishi yoʻnalishi boʻyicha 2 ta, Feldsher-laboratlik ishi yoʻnalishi boʻyicha 2 ta simulyatsion trening oʻquv zallari tashkil etilgan.