Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash Vazirligining 01.06.2020-yildagi “Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish haqida”gi №8-7-5/517 sonli koʻrsatma xatining 2-ilovasiga muvofiq Fargʻona Jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirilgan.
Taʼlim muassasasida 6 ta kafedralar:
- “Gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy modullar”,
- “Umumkasbiy modullar”,
- “2-Umumkasbiy modullar”,
- “3-Umumkasbiy modullar”,
- “Klinik modullar”,
“2-Klinik modullar” kafedralari faoliyat koʻrsatib 2020-yildan buyon Fargʻona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Fargʻona davlat Universiteti bilan kafedralar oʻrtasida xamkorlik shartnomalari hamda yillik ish rejalari tuzilgan boʻlib, rejaga asosan oʻquv meʼyoriy hujjatlar uchun taqrizlar, ilmiy maqolalar, tezislar, elektron darsliklar, multimedia ishlanmalari, audio kitoblar va vedio darslar, seminarlar va konferensiyalar oʻtkazilib kelinmoqda.
2020-2021 va 2021-2022 oʻquv yillari davomida institutning “Biofizika va axborot texnologiyalari kafedrasi” hamkorligida “Yurak biofizikasi mavzusida”, “Ichki kasalliklar” kafedrasi bilan “Qandli diabet kasalligining darajalari va davolash usullari” mavzusida ZOOM oʻquv mashgʻuloti oʻtkazilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “5 tashabbus” dasturi boʻyicha Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, Kosonsoy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari oʻrtasida yoshlarga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jimoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, hotin-qizlar bandligini taʼminlash yuzasidan “Kitobxonlik” bellashuvi, “Zakovat” intelektual oʻyinlari “Sport” musoboqalari tashkil etilgan.